MAISHIY CHIQINDIXONA ATROFI TUPROQ VA O‘SIMLIKLARI TARKIBIDA OG‘IR METALLAR MIQDORINING O‘ZGARISHI
Keywords:
maishiy chiqindixona, og‘ir metallar, tuproq, o‘simlik, tuproq xossalariAbstract
Ushbu tadqiqotda maishiy chiqindixona atrofida joylashgan tuproqlarda rux, mishyak va kadmiy elementlarining klark konsentratsiyasi (Kk) hamda klark tarqalish koeffitsienti (Kt) o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Zn elementi uchun Kk qiymatlari asosan 1 dan past bo‘lib, tuproqda bu elementning tabiiy fon darajasida ekanligi kuzatildi. As elementi ayrim kesmalarda 1 dan yuqori Kk qiymatini ko‘rsatib, mahalliy ifloslanish manbalarini aks ettiradi. Cd elementi esa eng faol migratsiyaga ega bo‘lib, Kt qiymatining 2 dan 6,5 gacha o‘zgarishi Cd ning tuproq qatlamlari bo‘yicha notekis va harakatchan ekanligini bildiradi.
Olingan ma’lumotlar asosida, chiqindixona atrofi tuproqlarida Zn, As va Cd elementlarining konsentratsiyasi tabiiy fon bilan solishtirganda o‘rtacha darajadagi antropogen ta’sir mavjudligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, Cd elementining yuqori tarqalish koeffitsienti biologik zanjir (tuproq–o‘simlik–inson) orqali ekologik xavf tug‘dirishi mumkin. Shunday qilib, klark ko‘rsatkichlarining tahlili maishiy chiqindixonalar atrofidagi og‘ir metall ifloslanishining monitoring tizimini shakllantirish va tuproqni rekultivatsiya qilish strategiyasini belgilash uchun ilmiy asos yaratadi.
Downloads
References
Alloway B.J. Heavy Metals in Soils. Springer, 2013.
Kabata-Pendias A., Mukherjee A.B. Trace Elements from Soil to Human. Springer, 2007.
Adriano D.C. Trace Elements in Terrestrial Environments. Springer, 2001.
Wuana R.A., Okieimen F.E. Heavy metals in contaminated soils: a review of sources, chemistry, risks and best available strategies for remediation. ISRN Ecology. (2016).
Shahid M., Sana Xolid, G‘ulom Abbos,Naim Shahid, Muhammad Nadim, Muhammad Sobir, Muhammad Aslam va Kamil Dumat. Heavy metal stress and crop productivity. Springer. (2017).
Zhou Q., Zhang J., Fu J., Shi J., Jiang G. Biomonitoring: An appealing tool for assessment of metal pollution in the aquatic ecosystem. Analytica Chimica Acta. (2014).
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. Ekologik monitoring hisobotlari. (2023)
Rasulov, A. “O‘zbekiston sharoitida chiqindixonalar atrofida og‘ir metallar monitoringi.” O‘zMU xabarlari, 1(3), (2022). 45–52-b.
Karimov, B. “Toshkent viloyatidagi chiqindixonalar atrofidagi tuproqlarda og‘ir metallar tahlili.” Ekologiya va atrof-muhit jurnali, 2(4), (2020). 60–67-b.




















