AGROTEXNIK OMILLARNI G‘O‘ZA HOSILDORLIGIDA TUTGAN O‘RNI
Keywords:
Tup qalinlik, chilpish, hosildorlik, sifat, yalpiAbstract
Bir dona ko‘sakning paxtasini vazni tahlil qilinganda, tup qalinligi gektariga 140 ming dan 160 ming ga oshirilishi bilan ko‘sakdagi paxta vaznining pasayishi ko‘zatildi. Bir dona ko‘sakdan olingan paxta vazni tahlil qilinganda gektariga 140 ming tup son qoldirilgan variantda 4,4-4,6 gr gacha, gektariga 160 ming tup son qoldirilgan variantda esa 3,6-3,7 gr ni tashkil qildi.
Termiz-202 g‘o‘za navining nol tipiga mansubligini inobatga oladigan bo‘lsak, g‘o‘za tupida 16-20 ta bo‘g‘inlarida hosil elementlari, ya’ni bo‘liq ko‘saklar rivojlanganda chilpish olib borilsa, hosildorlik va hosil sifati shunchalik yuqori bo‘lishi tajribadan aniqlandi.
Tajriba dalasida g‘o‘za hosilini o‘rtacha 75 % birinchi terimda terib olindi. Eng past hosildorlik nazorat variantidan gektariga 140 ming tup son qoldirilgan va 20 iyulda chilpish o‘tkazilgan variantda 28,5 s/ga paxta terib olindi. Tajriba dalasida eng yuqori hosildorlik esa gektariga 140 ming tup son qoldirilib, 10 avgustda chilpish o‘tkazilgan variantdan 34,1 s/ga paxta terib olindi. Yuqoridagi nihol qalinligini kamayishi (140 ming donaga) va chilpish muddatlarini erta o‘tkazilishi hosildorlikni 5,6 sentnergacha pasayishiga olib keldi.
Downloads
References
Allanazarov S. G‘o‘zaning Navro‘z naviga turli chilpish muddatlari va usullari qo‘llanilganda defoliatsiyaning samaradorligi // Agro ilm. – Toshkent, 2017; №4 (46). – B.7-8.
Ergashev A., Oripov R., Mo‘minov K., Jumanov D. «Istiqbolli g‘o‘za navlari va ularni yetishtirish agrotexnikasi», Qishloq xo‘jalik taraqqiyoti-frovonlik manbai mavzusidagi ilmiy to‘plam, Samarqand-2001 y. 6-13 bet
Jumanov D.T. G‘o‘za hosildorligiga agrotexnik omillarni ta’siri. Journal of universal science research 2023 yil.
Jumanov D.T., B.E.Xushboqov, J.B.Quziboyev va L.A.Izzatullayev. Thin fiber cotton in extreme climates the effect of stem thickness and pruning on the productivity of the termiz-202 variety. TAFAKKUR MANZILI. 2023 y. oktabr. 4-8 betlar.
Jumanov D.T., Yevka V. - O‘yg‘unlashgan texnologiyada hosil. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali. 2007 yil № 12-son 21-bet.
Jumanov D.T., Yevka V.- Maqbul texnologiya va hosildorlik. Samarqand Sam QXI «Kartoshka seleksiyasi, urug‘chilik va yetishtirish, saqlash texnologiyasini rivojlantirish muammolari» Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami 2007 yil 33-35 betlar.
Jumanov D.T., Oripov R. Agrotexnologiyalar uyg‘unlashuvi va g‘o‘za hosildorligi. Samarqand Sam QXI «Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish istiqbollari» Professor-o‘qituvchilarning qishloq taraqqiyti va faravonligi yili»ga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari TO‘PLAMI 1-qism 6-7 may 2009 yil 30-33 betlar.
Доспехов Б.А. Методика полевого опита. - М.: «Агропромиздат», 1985.
Методика полевих опитов с хлопчатником. – Т.: 1981. (Дала тажрибаларини ўтказиш услублари. – Т.: 2007.)
Shamsiyev A., Boltayev S., Avliyoqulov M., Allanov X., Durdiyev N. Surxondaryo viloyati sharoitida ingichka tolali Surxon-103, ST-1651, Termiz-202 va Iolotan-14 g‘o‘za navlaridan yuqori paxta hosili yetishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar. Toshkent. 2020. 40.b.




















