SURXONDARYO VILOYATINING TUPROQ-IQLIM SHAROITIGA MOS, G. HIRSUTUM L. TURIGA MANSUB O‘RTA TOLALI NAVLAR YARATISH UCHUN BOSHLANG‘ICH MANBA TANLASH

Authors

  • Ilxom Islamov TDMAU “Seleksiya va urug‘chilik” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant Author
  • Xilal Chariyeva ITPITI laboratoriya mudiri, q.x.f.f.d. (PhD) Author
  • Maftuna Boyto‘rayeva ITPITI “Seleksiya va urug‘chilik” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant Author

Keywords:

o‘rta tola, garmsel, boshlang‘ich manba, hosil shoxi, duragaylar

Abstract

So‘ngi yillarda ob-havoning o‘zgarishi Respublikaning janubiy viloyatlarida salbiy ta’siri kuzatilmoqda. Qish va bahor mavsumida yog‘ingarchiliklarning nisbatan kam bo‘lishi, yoz oylarida havo haroratining o‘ta keskin isib (+45oC va undan yuqori) ko‘tarilishi, yuqori havo haroratini bir necha kun saqlanib turishi ya’ni anomal havo harorati kuzatilishi paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga jiddiy tashvish tug‘dirmoqda. Dunyo miqyosida iqlim o‘zgarishi tufayli yangi nav yaratishda mahalliy sharoitga mos boshlang‘ich manbalarni yaratish va tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim xususiyatlari tahlil qilinib, nav tanlash uchun asosiy mezonlar hamda istiqbolli genetik manbalar ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotda mahalliy seleksiya materiallari qiyosiy o‘rganildi. Seleksiya natijalarida ajratib olingan global issiqlikka, garmselga va boshqa ekstremal sharoitlarga bardoshli serhosil ertapishar birlamchi seleksion materallar (duragaylar, oilalar, tizmalar) asosida tola uzunligi, tola chiqishi, bir ko‘sakdagi paxta vazni va boshqa muhim ahamiyatli belgilari buyicha donor hisoblangan g‘o‘za navlarini chatishtirish kombinasiyalarini qo‘llash orqali viloyat iqlim sharoitiga mos serhosil, ertapishar, hosil sifati yuqori, qurg‘oqchilik va garmselga chidamli bo‘lgan intensiv navlar yaratiladi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Rasulov A.A., “Paxta seleksiyasi va urug‘chiligi”, Toshkent, 2020.

Karimov M.U., Qodirova D.A., O‘zbekiston tuproqlari va ulardan qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish, Toshkent, 2021.

G.Abdullayev va boshqalar, “Paxtachilikda yangi navlar seleksiyasi”, Paxtachilik jurnali, №4, 2021.

Smith J., Cotton Breeding for Quality Fiber, Springer, 2019.

Karimov Sh., O‘zbekistonda paxta navlarining agrotexnikasi, Toshkent, 2017.

Mirzayev M., Paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlari, Toshkent, 2021.

Yusupov A., Хлопководство и селекция в условиях Узбекистана, Ташкент, 2016.

Abdullaev B., Cotton Breeding Achievements in Central Asia, Journal of Agricultural Science, 2021.

Downloads

Published

2025-11-28

How to Cite

SURXONDARYO VILOYATINING TUPROQ-IQLIM SHAROITIGA MOS, G. HIRSUTUM L. TURIGA MANSUB O‘RTA TOLALI NAVLAR YARATISH UCHUN BOSHLANG‘ICH MANBA TANLASH. (2025). AGROINNOVATSIYА, 1(Maxsus son Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman), 312-318. https://www.agroinnovatsiya.uz/index.php/ag/article/view/209