TURLI EKISH MUDDATLARI VA MA’DAN O‘G‘IT ME’YORLARINING G‘O‘ZA NAVLARIDA KO‘CHAT QALINLIGI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI

Authors

  • Sherzod Xolmuminov Ingichka tolali paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti Amaliy malekulyar genetika laboratoriyasi mudiri Author

Keywords:

g‘o‘za, ekish muddati, ko‘chat qalinligi, mineral o‘g‘itlar, nav

Abstract

Maqolada 2024 yil vegetatsiya davri sharoitida turli ekish muddatlari hamda ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining g‘o‘zaning Buxoro-102, Sherobod-ShN, Termiz-202 va SP-1607 navlarida ko‘chat qalinligi shakllanishiga ta’siri ilmiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqotlarda ekish muddatlarining chigitlarning unib chiqish darajasi, ko‘chatlarning dastlabki rivojlanishi hamda vegetatsiya davri oxirigacha saqlanib qolish ko‘rsatkichlariga ta’siri baholangan. Olingan natijalar ekish muddatlari g‘o‘za ko‘chatlari qalinligining shakllanishida muhim agrotexnik omil ekanligini ko‘rsatdi. Xususan, aprel oyida ekilgan variantlarda tuproqning harorat va namlik sharoitlari urug‘larning bir maromda unib chiqishi uchun qulay bo‘lib, natijada ko‘chatlarning dala unuvchanligi va mavsum yakunidagi saqlanish darajasi yuqori bo‘ldi. Kechiktirilgan ekish muddatlarida esa ko‘chat qalinligining ma’lum darajada kamayishi kuzatildi. Shuningdek, ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining qo‘llanilishi ko‘chatlarning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, optimal oziqlanish sharoitida ko‘chatlarning saqlanib qolish darajasini oshirganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Termiz-202 va SP-1607 navlari barcha ekish muddatlarida nisbatan yuqori ko‘chat qalinligi ko‘rsatkichlarini namoyon etib, ularning ekologik moslashuvchanligi va dala sharoitida yashovchanlik darajasi yuqori ekanligini tasdiqladi. Mazkur natijalar g‘o‘za navlarini yetishtirishda maqbul ekish muddatlari va ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarini belgilash orqali ko‘chat qalinligini me’yorlashtirish hamda yuqori hosildorlikka erishishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. Abdukarimov D.T. Paxtachilik asoslari. - Toshkent: O‘qituvchi, 2021.

2. Yusupov H. Yangi istiqbolli g‘o‘za navlarining hosildorligiga ko‘chat qalinligi va o‘g‘it me’yorining ta’siri // Agro ilm O‘zbekiston qishloq xo‘jalik jurnali. -Toshkent, 2022. № 3 (81) -B. 6-7.

3. Hurmatov Y., Axmedov J. “Sulton” g‘o‘za navining hosildorligiga agrotexnik va biotik omillarning ta’siri // Agro-ilm O‘zbekiston qishloq xo‘jalik jurnali. - Toshkent, 2021. - № 5 (75). - B. 15-16.

4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. G‘o‘za yetishtirish bo‘yicha agrotexnik tavsiyalar. - Toshkent, 2023

5. Yegamberdiev O., Rizaev J. Cotton cultivation technology under irrigated conditions. - Tas’hkent, 2021.

6. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. - Toshkent, 2007.

7. Bednarz Charles W., Nichols R.L., Brown S.M. Plant density modifications of cotton within-boll yield components // Crop Science. – 2000. – Vol. 40. – No. 6. – P. 1498–1503.

8. Pettigrew William T.. Environmental effects on cotton fiber carbohydrate concentration and quality // Crop Science. – 2001. – Vol. 41. – No. 4. – P. 1108–1113.

Downloads

Published

2026-06-17

How to Cite

TURLI EKISH MUDDATLARI VA MA’DAN O‘G‘IT ME’YORLARINING G‘O‘ZA NAVLARIDA KO‘CHAT QALINLIGI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI. (2026). AGROINNOVATSIYА, 4(03), 34-39. https://www.agroinnovatsiya.uz/index.php/ag/article/view/274