SURXONDARYO VILOYATINING O‘RTACHA SHO‘RLANGAN TUPROQLARI SHAROITIDA KINOA (Chenopodium quinoa Willd.) URUG‘LARINING DALA UNUVCHANLIGIGA EKISH MUDDATLARI HAMDA ME’YORLARINING TA’SIRI
Keywords:
Kinoa, Chenopodium quinoa Willd, ICBA-Q5 navi, dala unuvchanligi, ekish muddatiAbstract
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kinoaning (Chenopodium quinoa Willd.) ICBA-Q5 navida urug‘larning dala unuvchanligi va hosilni yig‘ishtirishdan oldingi tup qalinligiga ekish muddatlari hamda ekish me’yorlarining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar 2024–2026 yillarda olib borilib, uchta ekish muddati - 15–17 mart, 1–3 aprel va 15–17 aprel hamda uchta ekish me’yori - 166, 238 va 333 ming dona/ga variantlarida amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ekish muddatlari urug‘larning dala unuvchanligiga ekish me’yorlariga nisbatan kuchliroq ta’sir ko‘rsatgan. Eng yuqori dala unuvchanligi 1–3 aprel muddatida 238 ming dona/ga ekish me’yorida 80,4% ni tashkil etgan. Mazkur muddatda 333 ming dona/ga me’yorida hosilni yig‘ishtirishdan oldingi tup qalinligi 222,6 ming tup/ga bilan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. Shuningdek, 238 ming dona/ga me’yorida o‘simliklarning hosilgacha saqlanish darajasi 85,9% ni tashkil qilgan. Olingan natijalar asosida Surxondaryo viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kinoaning ICBA-Q5 navini yetishtirishda 1–3 aprel ekish muddati maqbul muddat sifatida baholangan.
Downloads
References
1. Azizov B.M., Israilov I.A., Xudoyqulov J.B. O‘simlikshunoslikda ilmiy tadqiqot ishlari. – Т.: 2014. – 255 b.
2. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. –М.: «Агропромиздат», 1985. -352 с.
3. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта с основами статистической обработки результатов исследований. – М.: Альянс. 2011. – 351 с.
4. Dala tajribalarni o‘tkazish usublari. O‘zPITI. – T.: 2007. – 147 b.
5. Дронова Е.A., Осин Д.Ю. АГРОМЕТЕОРОЛОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ВЫРАЩИВАНИЯ КИНОА НА ПОЛЯХ РГАУ МСХА cт.555-559
6. El Youssfi, L., Choukr-Allah, R., Zaafrani, M., Mediouni, T., Ba Samba, M., and Hirich, A. (2012). Effect of domestic treated wastewater use on three varieties of Quinoa (Chenopodium quinoa) under semi arid conditions. World Acad. Sci. Eng. Technol. 68, 306–309.
7. Food and Agriculture Organization of the United Nations (FAO). Latin American Integration Association (ALADI). Trends and prospects of international quinoa trade. 2014. http://www.fao.org/publications/card/es/c/90ce9b3a-7f09-5d64-4ef6990d4958dfb.
8. J.E.Hermandez Bermejo “NEGLECTED CROPS: 1492 from a different perspective” 1994
9. Jacobsen, S. E. The worldwide potential for quinoa (Chenopodium quinoa Willd.). Food Rev. Int. 19, 167–177. https:// doi. org/ 10.1081/ FRI- 12001 8883 (2003).
10. Куренкова Евгения Михайловна, Кухаренкова Ольга Владимировна “МИРОВОЙ РЫНОК КИНОА”. Ст.901-905
11. Шитикова Александра Васильевна «Оценка адаптивного потенциала и продуктивности новой сельскохозяйственной культуры – квиноа (киноа –Chenopodium quinoa Willd.)» «Российский государственный аграрный университет – МСХА имени К.А. Тимирязева» Москва-Белгород 25.06.2021г
Internet saytlari:
12. www.refseek.com (http://www.refseek.com/)
13. www.worldcat.org (http://www.worldcat.org/)
14. https://link.springer.com (https://link.springer.com/)
15. www.bioline.org.br (http://www.bioline.org.br/)




















