INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA PARVARISHIDA AZOTLI MINERAL O‘G‘ITLARNI HAR SUVDA QO‘LLASHNING TUPROQ SUV O‘TKAZUVCHANLIGIGA TA’SIRI

Authors

Keywords:

ingichka tolali g‘o‘za

Abstract

Maqolada Surxondaryo viloyatining taqir-o‘tloqi tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zani parvarishlashda azotli mineral o‘g‘itlarni har bir sug‘orish suvi bilan bo‘lib qo‘llashning tuproq suv o‘tkazuvchanligiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqotlar davomida 2024-2026-yillarda turli sug‘orish usullari va sug‘orish oldi tuproq namligi tartiblarining suv o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilgan. Olingan natijalarga ko‘ra, azotli mineral o‘g‘itlarni tomchilatib sug‘orish jarayonida har bir sug‘orish suvi bilan muntazam berish tuproqning suv o‘tkazuvchanligini oshirishda samarali bo‘lgan. 2026-yilda CHDNSga nisbatan 65-70-65 foiz namlik tartibida ushbu ko‘rsatkich 4-variantda 617 m³/ga, 70-75-65 foiz namlik tartibida esa 8-variantda 604 m³/ga ni tashkil etgan. Natijalar tomchilatib sug‘orish va azotli o‘g‘itlarni bo‘lib qo‘llash tuproqning suv-fizik xususiyatlarini yaxshilash hamda sug‘orish suvlaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. Boboqandov Sh. Sug‘orish usullarining tuproq suv o‘tkazuvchanligiga ta’siri // Agro ilm O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi jurnali ilmiy ilovasi. -T, 2023. Maxsus son (4). -B. 61-63.

2. Durdiyev N.H. Urug‘lik uchun yetishtiriladigan g‘o‘za navlarining maqbul suv-oziqa (NPK) me’yorlarini ishlab chiqish. Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. - Toshkent, 2018. - B. 19-20.

3. Do‘stov J. Tuproqning suv o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichiga sug‘orish usuli va tartiblarining ta’siri.// Agro ilm maxsus son. -Toshkent, 2024. № 1. (101). -B. 66-68.

4. Xusanov S., Xaydarov E., Jo‘rayeva N. Tuproq agrofizik xossalari o‘zgarishiga sug‘orishlar sonining ta’siri // Agro ilm: O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi jurnali ilmiy ilovasi. - Toshkent, 2022. - №2. - B. 64-65.

Downloads

Published

2026-10-13

How to Cite

INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA PARVARISHIDA AZOTLI MINERAL O‘G‘ITLARNI HAR SUVDA QO‘LLASHNING TUPROQ SUV O‘TKAZUVCHANLIGIGA TA’SIRI. (2026). AGROINNOVATSIYА, 4(5), 191-196. https://www.agroinnovatsiya.uz/index.php/ag/article/view/408